Ro‘yxatdan o‘tishShaxsiy kabinet

Talimlife haqida

Talimlife arab tili va Qur’onni o‘zbek tilida o‘rgatadigan onlayn maktab.

Darslar Madina kitobi (Durusul lug‘atil arabiyya), Avomil, Amsila, At-Tuhfatus saniyya, Tajvid va boshqa darsliklar bo‘yicha olib boriladi. Har bir mavzu kitobdagi tartibda, qoida, matn va mashqlar bilan tushuntiriladi.

Video darsdan keyin o‘yin shaklidagi mashqlar bor: labirint, guruhlash, juftini topish. Ular yangi so‘z va qoidalarni darrov mustahkamlashga yordam beradi. Tushunmagan joyingizni Telegram orqali ustozdan so‘rashingiz mumkin.

Darsliklar

Madina, Avomil, Amsila, Tuhfatus saniyya va Tajvid

Video va o‘yin

Har darsdan keyin interaktiv mashq

Ustoz bilan aloqa

Savollaringizga Telegram orqali javob

UmmAsiya bint Abdulaziz

Arab tili ustozi: Madina kitobi, Amsila, Avomil, Tuhfatus saniyya

Ustoza Asma Abdulaziz qizi O‘zbekistonda ziyolilar oilasida tavallud topgan. Ilk ta’limini O‘zbekistondagi mashhur ustozalardan oldi. Diniy oliy ta’limini esa O‘zbekiston Islom Universitetida va Istanbul Universitetining Islom ilmlari fakultetida oldi.